{"title":"O‘ZBEK SHE’RIYATIDA SHAKLIY IZLANISHLAR VA INDIVIDUALLIK","authors":"Quvonch Mamiraliyev","doi":"10.36078/1673348607","DOIUrl":null,"url":null,"abstract":"Ushbu maqolada istiqlol davri o‘zbek adabiyotidagi individual janrlar o‘rganilgan. Muallif Anvar Obidjon, Azim Suyun, Farida Afro‘z kabi shoirlar ijodida uchraydigan “ignabarg”, “uchchanoq”, “qayirma”, “fiqra” kabi janrlarni tadqiq etadi. Ayni paytda, individual janrlarda yozilgan she’rlarning modifikatsiya hodisasiga ta’siri masalasiga ham o‘z munosabatini bildirgan. Ignabarg, uchchanoq, qayirma, fiqra kabi she’rlar boshqa janrlarga qiyosan tahlil etilgan. Davr she’riyatidagi shakliy izlanishlar va ijodkor individualligi masalasiga alohida e’tibor qaratgan muallif, Anvar Obidjon ijodida ignabrg, uchchanoq va gʻazal ko‘rinishidagi she’rlarni o‘rganadi. Shoirning oʻzi ham mazkur she’rlarni janr sifatida e’tirof etadi. Aslida, mazkur ijod namunalari ijtimoiy, psixologik jarayonlarda badiiy modifikatsiyaga uchragan she’rlardir. “Ignabarglarglar” bir qatorli she’rlar bo‘lsa, “Uchchanoqlar” uch qatorli she’rlardir. Azim Suyunning “qayirma” she’rlarini Istiqlol davri oʻzbek she’riyatidagi shakliy izlanishlar mahsuli deb aytish mumkin. “Qayirma”lar toʻrt qatordan iborat she’rlardir. Har bir she’r “Ey, doʻst!” undovi bilan boshlanadi. Bu she’rda ham mumtoz adabiyotimizda ruboiy janri va toʻrtlik shakllarining qorishiq holati kuzatiladi. Farida Afroʻzning fiqra va tasbehlarida ham diniy-tasavvuf tushunchalarning qorishiq holda kelishi kuzatiladi.\nMaqolada qiyosiy-tipologik, sotsiologik, psixologik tahlil metodlaridan foydalanilgan.","PeriodicalId":383760,"journal":{"name":"Foreign Languages in Uzbekistan","volume":"99 1 1","pages":"0"},"PeriodicalIF":0.0000,"publicationDate":"2022-10-20","publicationTypes":"Journal Article","fieldsOfStudy":null,"isOpenAccess":false,"openAccessPdf":"","citationCount":"0","resultStr":null,"platform":"Semanticscholar","paperid":null,"PeriodicalName":"Foreign Languages in Uzbekistan","FirstCategoryId":"1085","ListUrlMain":"https://doi.org/10.36078/1673348607","RegionNum":0,"RegionCategory":null,"ArticlePicture":[],"TitleCN":null,"AbstractTextCN":null,"PMCID":null,"EPubDate":"","PubModel":"","JCR":"","JCRName":"","Score":null,"Total":0}
引用次数: 0
Abstract
Ushbu maqolada istiqlol davri o‘zbek adabiyotidagi individual janrlar o‘rganilgan. Muallif Anvar Obidjon, Azim Suyun, Farida Afro‘z kabi shoirlar ijodida uchraydigan “ignabarg”, “uchchanoq”, “qayirma”, “fiqra” kabi janrlarni tadqiq etadi. Ayni paytda, individual janrlarda yozilgan she’rlarning modifikatsiya hodisasiga ta’siri masalasiga ham o‘z munosabatini bildirgan. Ignabarg, uchchanoq, qayirma, fiqra kabi she’rlar boshqa janrlarga qiyosan tahlil etilgan. Davr she’riyatidagi shakliy izlanishlar va ijodkor individualligi masalasiga alohida e’tibor qaratgan muallif, Anvar Obidjon ijodida ignabrg, uchchanoq va gʻazal ko‘rinishidagi she’rlarni o‘rganadi. Shoirning oʻzi ham mazkur she’rlarni janr sifatida e’tirof etadi. Aslida, mazkur ijod namunalari ijtimoiy, psixologik jarayonlarda badiiy modifikatsiyaga uchragan she’rlardir. “Ignabarglarglar” bir qatorli she’rlar bo‘lsa, “Uchchanoqlar” uch qatorli she’rlardir. Azim Suyunning “qayirma” she’rlarini Istiqlol davri oʻzbek she’riyatidagi shakliy izlanishlar mahsuli deb aytish mumkin. “Qayirma”lar toʻrt qatordan iborat she’rlardir. Har bir she’r “Ey, doʻst!” undovi bilan boshlanadi. Bu she’rda ham mumtoz adabiyotimizda ruboiy janri va toʻrtlik shakllarining qorishiq holati kuzatiladi. Farida Afroʻzning fiqra va tasbehlarida ham diniy-tasavvuf tushunchalarning qorishiq holda kelishi kuzatiladi.
Maqolada qiyosiy-tipologik, sotsiologik, psixologik tahlil metodlaridan foydalanilgan.